Meksikada 2016-yilning 25-sentabridan 1-oktabriga qadar Zika virusiga chalinishning 500 dan ortiq yangi holati aniqlandi. Bu haqda Meksika sog‘liqni saqlash vazirligining epidemiologiya boshqarmasi 10-oktabr kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mamlakat bo‘ylab virusga chalinishning eng ko‘p – 1 100 holati Verakrus shtatida aniqlangan. Gerrero, Chyapas va Oaxaka shtatlarida esa tegishli ravishda Zikaga chalinishning 748, 609 va 481 holati aniqlangan.
2015-yilning dekabr oyidan bugungi kungacha 4 300 nafar meksikalik, shu jumladan, 2 ming homilador ayol Zika virusiga chalindi.
Izoh (0)