O‘zbekistonda 13—14-oktabr kunlari ob-havo keskin o‘zgaradi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.
Xabar berishlaricha, 13—14-oktabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Qayd etilgan kunlarda shamolning tezligi mamlakat bo‘yicha soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
“Havo harorati kechasi +5...+7 daraja iliqqacha, kunduzi +15...+17 daraja iliqqacha pasayadi”, — deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)