Rejissor Azamat Ahrorov tomonidan suratga olingan jangari janrdagi “Notanish qotil” filmi oktabrning birinchi haftasida tomoshabin to‘plash bo‘yicha peshqadam bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Undan keyingi o‘rinlarni Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi”, Qutlimurod Yakubovning “Kutilmaganda buzilgan to‘y” va Durdona To‘laganovaning “Yo‘qotilgan jannat” filmlari egallagan.
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomli kinosaroyda hozirda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Yo‘qotilgan jannat”, “Omonat”, “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Namoyishlar jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishishingiz mumkin.
3—9-oktabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)Rejissor — Azamat Ahrorov.2-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)Rejissor — Sherzod Bin.
3-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)Rejissor — Naufal Sulaymonov.
4-o‘rin. “Kutilmaganda buzilgan to‘y” (komediya)Rejissor — Qutlimurod Yakubov.
5-o‘rin. “Yo‘qotilgan jannat” (melodrama)Rejissor — Durdona To‘laganova.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.