Hindistonning Tamilnad shtatida joylashgan mushak fabrikasida yuz bergan portlash va undan keyin yuzaga kelgan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana 11 kishi jabrlandi. Bu haqda yakshanba, 9-oktabr kuni India Today gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr barcha jabrlanganlar og‘ir ahvolda ekanligini ma’lum qilgan.
Hodisa yuz bergan vaqtda zavodda 30 ga yaqin odam bo‘lgan.
Izoh (0)