Amerikalik Richard Nil qirg‘oq soqchiligi stansiyasining okean o‘rtasidagi sobiq vertolyot maydonini sotib oldi va unda “Mettyu” dovuli vaqtida dam oldi, deb yozadi TJournal.
Frying Pan Tower platformasi Amerikaning Shimoliy Karolina shtati qirg‘oqlaridan 55 km narida joylashgan. To‘lqinlar quturayotgan vaqtda, Nil maydonchaga shezlong olib chiqdi, futbolkasini yechdi va manzaradan zavq olgan holda hordiq chiqardi.