Turkiyaning Xakkari viloyatidagi Shemdinli tumanida minalashtirilgan avtomobilning portlatib yuborilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ilgariroq sakkiz qurbon haqida ma’lumot berilgan edi.
Halok bo‘lganlarning sakkiz nafari tinch fuqaro, o‘n nafari esa harbiylardir.
Eslatib o’tamiz, tuman hududidagi politsiya posti yaqinida portlovchi modda to‘ldirilgan mashina portlatilgan. Terakt uchun javobgarlikni Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)