Amerikalik rejissor Stiven Spilberg va xitoylik milliarder Jek Ma Xitoy va jahon auditoriyasi uchun kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni boshlaydi. Bu haqdagi kelishuv 9-oktabr kuni Pekinda imzolanadi, deb xabar beradi TJournal.
Spilbergning Amblin studiyasi xitoylik milliarderning Alibaba Pictures kompaniyasi bilan kinematograf sohasidagi strategik hamkorlik borasida kelishuvga erishdi.
Shartnomaga ko‘ra, yangi superstudiya Amblin filmlarini Xitoyda ommalashtirib boradi. Shuningdek, Je Maning kompaniyasi Spilbergning filmlarini moliyalashtiradi.Kelishuv doirasida Alibaba Pictures Amblin aksiyalarining minoritar paketini qo‘lga kiritadi va direktorlar kengashiga o‘z nomzodini ko‘rsatadi.
Hamkorlik Spilbergning 14-oktabr kuni katta ekranlarga chiqadigan “Katta va mehribon barzangi” filmini Xitoyda ommalashtirishdan boshlanadi, deb ma’lum qiladi The Hollywood Reporter.
Izoh (0)