Chechenistonning Gudermes tumanida yuz bergan jangovar to‘qnashuvda politsiyachilar besh nafardan yetti nafargacha jangarini yo‘q qildi. To‘rt nafar politsiyachi yaralandi. Bu haqda respublika kuch tuzilmalari manbasiga tayanib, “Interfaks” ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Hodisa yakshanba, 9-oktabrga o‘tar kechasi Gerzel-Engel-Yurt yo‘lida yuz berdi. Ma’lum qilinishicha, politsiya xodimlari ikki yengil mashinani to‘xtatishga uringan. Haydovchilar politsiyachilarning talabini bajarishdan bosh tortib, ularga qarata o‘t ochgan.
Otishma uyushtirilgan har ikkala mashina yo‘q qilingan, ular yonib ketgan. Politsiyachilarning so‘zlariga qaraganda, ularda besh nafardan yetti nafargacha jangari bo‘lgan.
Jangarilarning shaxsi aniqlanmoqda. Otishma davomida yaralangan politsiya xodimlari shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)