AQShda ayni paytda siklon darajasiga yetib borgan “Mettyu” dovuli qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda, ABC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Shimoliy Karolinada yetti, Jorjiyada to‘rt, Floridada olti o‘lim holati qayd qilingan.
Ilgariroq o‘n kishi dovul qurboni bo‘lgani bildirilgan edi.
“Mettyu” 2007-yildan buyon Atlantikada kuzatilgan eng shiddatli dovul bo‘ldi.
Izoh (0)