Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyatida 9-oktabr, yakshanba kuni harbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Hama Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy hukumat vakillarining ma’lum qilishicha, vertolyot “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan urib tushirilgan. Vertolyot toliblar tomonidan egallab olingan garnizonga qurol-yarog‘ yetkazishga harakat qilgan.
Associated Press agentligining mamlakat qurolli kuchlari rasmiy vakiliga tayanib, ma’lum qilishicha, uning bortidagi sakkiz kishining barchasi halok bo‘lgan.
Oxirgi oylarda toliblarning Afg‘onistonning shimoliy viloyatlari, jumladan, Bog‘lon va Qunduzga hujumlari ko‘paygan.
Izoh (0)