7-oktabr kuni Venesuela politsiyasi jinoyatchilikka qarshi kampaniya doirasida Xalqni ozod qilish operatsiyasi guruhining 20 dan ortiq a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ichki ishlar, adliya va tinchlik masalalari vaziri Nestor Reverolning ma’lum qilishicha, Ansoategi shtatidagi qurolli to‘qnashuvlarda kriminal guruhlarning to‘rt ishtirokchisi, Bolivar shtatida besh nafar, Karabobo shtatida ikki nafar, Miranda shtatida bir nafar, poytaxt Karakasda esa o‘n nafar jinoyatchi yo‘q qilindi.
Operatsiyada huquq-tartibot organlarining 2 mingdan ortiq xodimi jalb qilindi.
Izoh (0)