Polshaning TPA Sp. z o.o kompaniyasi ekologik jihatdan eng toza transport vositalaridan biri — velosipedlarni sayyora uchun yanada xavfsizroq qilish va, asosiysi, velosipedda sayohatni yanada qiziqarliroq qilish yo‘lini topdi, deb yozadi AdMe.
Buning uchun ular shunday velosiped yo‘lagini yaratdiki, u quyoshdan quvvat oladi, qorong‘ilikda esa yog‘du sochadi.
Yo‘lak sintetik materialdan tayyorlangan bo‘lib, kun bo‘yi quvvat olgan holda 10 soat davomida nur taratib tura oladi. Ayni paytda konsepsiya ishlab chiqish bosqichida turibdi.
Izoh (0)