11-oktabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston — Xitoy o‘yini Shri-Lankadan bo‘lgan hakamga ishonib topshirilgani haqida O‘FF matbuot xizmati xabardor qildi.
JCh—2018 3-saralash bosqichining 4-tur doirasidagi o‘yini Xettikamkanamge Pereraning chekiga tushgan. Professional faoliyatini 2004-yildan buyon davom ettirib kelayotgan referi O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokidagi birorta o‘yinda ishlamagan.
O‘zbekiston — Xitoy to‘qnashuvi 11-oktabr kuni soat 18:00 da start oladi. Bellashuv chiptalari 8-oktabr sanasidan sotuvda.
Izoh (0)