AQSh prezidentligiga Demokratlardan nomzod Hillari Klinton o‘zining raqibi, respublikachi Donald Trampdan 5 foiz punktiga oldinroq bormoqda. Bu haqda, so‘rov natijalariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Respondentlarning 45 foizi o‘z ovozini Klinton xonimga berdi, milliarder Trampda esa bu ko‘rsatkich 40 foizga teng bo‘ldi. Mustaqil nomzodlar Jill Stayl 6 foiz, Garri Jonson esa 3 foiz saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
So‘rov 5–6-oktabr kunlari o‘tkazildi. Unda 1064 kishi ishtirok etdi.
Izoh (0)