Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent mezbonlik qilgan va 15 ta mamlakat dzyudochilari tashrif buyurgan Gran-Pri musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Uning umumiy mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari edi, xabar berdi “Olamsport”.

Foto: Worldjudoday.com

Foto: Worldjudoday.com

O‘zbekiston terma jamoasi turnir davomida jami 20 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 14 ta mamlakat dzyudochilarini ortda qoldirdi. 20 ta medalning 6 tasi oltin bo‘lsa, 3 tasi kumush va 11 tasi bronza bo‘ldi.

Qozog‘iston terma jamoasi 3 ta oltin bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Kuchli uchlikni rossiyalik sportchilar 3 ta oltin bilan yakunladi. Qozog‘iston va Rossiyada kumushlar soni ham bir xilda bo‘lib — 2 tadan, bronza masalasida qozog‘istonliklar bittaga o‘zib ketdi.

Toshkent Gran-Prisida O‘zbekistonga oltin medallarni Muhriddin Tilovov (-60 kg), Mirzohid Farmonov (-73 kg), Davlat Bobonov (-81 kg), Yaxyo Imomov (-90 kg), Soyib Qurbonov (-100 kg) hamda Gulnoza Matniyozova (-70 kg) taqdim etdi.

G‘iyosjon Boboyev, Davronbek Sattorov va Diyora Keldiyorova finalgacha yetib borib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Sharofiddin Lutfullayev, Boltaboy Boltayev, Erkin Doniyorov, Muhammadkarim Xurramov, Muso Sobirov, Nodira Gulova, Muqaddas Kubayeva, Guloyim Jumaboyeva, Sanobar Sultonova, Kumush hamda Rahima Yo‘ldoshevalar bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi