BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya tashabbusiga ko‘ra Aleppodagi vaziyatni muhokama qilish maqsadida favqulodda yig‘ilishga to‘plandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Suriya bo‘yicha maxsus vakil Staffan de Misturaning Aleppo sharqidan “Jabhat an-Nusra” guruhi jangarilarini olib chiqish taklifi ham muhokama qilinadi.
Yopiq kengashlar xonasiga 15 davlat diplomatlari kirib ketdi.
Yig‘ilish chog‘ida Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Fransua Delattr emissarning taklifini sinchiklab o‘rganib chiqish zarurligini ta’kidladi.
Izoh (0)