Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Anqarada ikki xudkush terrorchi politsiya operatsiyasi chog‘ida o‘zini portlatib yubordi. Hodisa joyida portlovchi qurilma tayyorlash uchun ishlatiladigan 200 kilogrammga yaqin modda topildi. Bu haqda Turkiya poytaxti gubernatori Erjon Topaja ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Ulardan birining shaxsi aniqlandi, ikkinchisi ayol bo‘lishi mumkin. Uchinchi kishi ham bo‘lgani gumon qilinmoqda, uni qidirish ishlari davom etyapti. Terrorchilar Diyorbakir shahridan kelgan va qidiruvda bo‘lgan. Anqarada minalashtirilgan avtomobil yordamida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan kimsalar Kurdiston ishchi partiyasi a’zolari ekanligi taxmin qilinmoqda”, — deya ta’kidladi gubernator.

NTV telekanaliga ko‘ra, terakt tayyorlanayotgani haqida ma’lumot olgan politsiya 8-oktabr, mahalliy vaqt bilan 06:00 atrofida poytaxtdan 30 kilometr uzoqlikdagi Xaymana tumanidagi ovchilar uyini qamal qildi. Jangarilardan taslim bo‘lishlari talab qilinganda ular o‘zlarini portlatib yubordi.

Politsiyachilar orasida jabrlanganlar bo‘lmagani qayd etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi