Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sentabr oyida Xitoyning valyuta zaxiralari 19 milliard dollarga qisqarib, 3,166 trillion dollarni tashkil qildi. Bu oxirgi besh yil davomida kuzatilgan minimal ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “Narodniy Korrespondent”

Foto: “Narodniy Korrespondent”

Mamlakat valyuta zaxiralari ketma-ket uch oydan buyon qisqarmoqda — avgust va iyulda tushish tegishli ravishda 15,9 va 4,2 milliard dollarni tashkil qildi. Ekspertlar sentabr oyining oxiriga qadar zaxira hajmi 3,18 trillion dollardan pastga tushmasligini kutayotgandi, ammo jarayon tezlashib ketdi.

2015-yili yuan devalvatsiyasi tufayli valyuta zaxiralari rekord darajada — 513 milliard dollarga tushib ketdi. Shundan so‘ng Xitoy valyuta zaxiralari qisqarishda davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi