Xitoy janubida sohilga “Aere” to‘foni yaqinlashayotganligi tufayli meteorologik xavfning yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. Bu haqda Davlat meteorologik markazi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hozirgi paytda to‘fon Gonkong yo‘nalishida soatiga 10—15 kilometr tezlikda harakatlanmoqda.Birinchi bo‘lib to‘fon zarbiga Xaynan provinsiyasi va Guandun provinsiyasining sohilbo‘yi tumanlari uchraydi. Juma, 7-oktabr va shanba kuni Futszyan, Chjetszyan provinsiyalari, shuningdek, Tayvanda kuchli yomg‘irlar va dengizda kuchli to‘lqinlanish kutilmoqda.
Mahalliy hukumatga aholini suv toshqini va ko‘chkilardan himoya qilish choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.
Ochiq dengizda bo‘lgan baliqchilarga yaqin atrofdagi port va ko‘rfazlarga yashirinish haqida ko‘rsatma berilgan.
Izoh (0)