Oculus kompaniyasi smartfon yoki kompyuterga ulanmasdan avtonom tarzda ishlay oladigan yangi virtual reallik shlemini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Engadget ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Oculus Connect konferensiyasida Mark Sukerberg kompaniyaning ilg‘or g‘oyalarini namoyish etdi.
Yangi versiya yanada ilg‘or bo‘lib, unda sochlarning rangini o‘zgartirish, liboslarning turli bichimlarini tanlash, o‘z avataringizni sozlash, shuningdek, turli aksessuarlar, masalan ko‘zoynak qo‘shish mumkin.
Bundan tashqari, tizim shlem foydalanuvchisining yuz ifodasini kuzatib boradi, natijada keyinroq uning tuyg‘ulari raqamli o‘xshashi tomonidan qayta yaratiladi.
Izoh (0)