Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi chegara 2018-yil dekabriga qadar to‘laligicha to‘siqlar va boshqa himoya inshootlari bilan ta’minlanadi. Bu haqda, Hindiston ichki ishlar vaziri Rajnatx Singxning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Muxlat belgilangan. Bu 2018-yil dekabriga qadar amalga oshiriladi. Ayni paytda harakat rejasini tuzmoqdamiz”, — dedi u Ajmerda o‘tgan chegara shtat va mintaqalari rahbarlarining uchrashuvida.
Ayni kunlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yana taranglashgan. Har ikki tomon bir-birini provokatsiya va hujumlarda ayblamoqda.
Izoh (0)