Gaitida “Mettyu” dovuli oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 478 kishiga yetdi. Bu haqda, Sky News telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 339 kishini tashkil qilgani ma’lum bo‘lgandi.
3,2 ming uy vayron bo‘lgani, 20 ming kishi boshpanasiz qolgani aytilmoqda. Xalqaro qizil xoch Gaitida yashovchi 50 ming kishiga gumanitar yordam ko‘rsatishi kutilmoqda.
Izoh (0)