Toshkent mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turnirining birinchi kuni o‘z yakuniga yetgani haqida “Olamsport” xabar berdi.
Unda o‘zbekistonlik sportchilarga 7 ta medalga ega chiqish nasib qildi.
Yetti vazn toifasida bo‘lib o‘tayotgan kurashlarning 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi musobaqasida Muhriddin Tilovov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kumush medal 52 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida gilamga chiqqan Diyora Keldiyorovaga nasib qildi.
Yana 5 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi bronza bilan kifoyalandi: Nodira Gulova (-48 kg), Muqaddas Kubayeva (-48 kg), Guloyim Jumaboyeva (-52 kg), Sanobar Sultonova (-57 kg) va Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg).
Umumjamoa hisobida rossiyalik sportchilar 1-o‘rinni egallab turibdi. Delegatsiya hisobida 2 ta oltin va 1 ta kumush medali bor.
Izoh (0)