“Mettyu” dovuli qurbonlari soni 102 kishiga yetdi, ularning 98 nafari Gaitiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar berdi.
5-oktabr kuni dovul Gaitiga yopirilgan edi. U Kuba sohillariga yetib borganidan so‘ng u yerdan millionga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Nihoyat, tabiiy ofat AQShning Florida shtatiga yaqinlashdi. Shtat gubernatori Rik Skott aholini o‘ta jiddiy tahdiddan ogohlantirdi.
“Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbaga tayyorlanishimiz kerak”, — dedi u.
Izoh (0)