Istanbul shahrining Yeni Bosna tumanida politsiya idorasiga uyushtirilgan hujum oqibatida yaralanganlar soni o‘n kishiga yetdi. Bu haqda, Daily Sabah nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Hech kim jiddiy zarar ko‘rmagani ta’kidlanmoqda.
Ilgariroq shahar gubernatori Vasip Shahin politsiya idorasi yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida besh kishi yaralanganini, ulardan birining ahvoli og‘irligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)