Checheniston poytaxti Grozniy shahrida 4-oktabr kuni o‘tkazilgan yosh bolalar ishtirokidagi Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turnirida respublika rahbari Ramzan Qodirovning uch o‘g‘li ishtirok etdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Xabarda ta’kidlanishicha, 10 yoshli Ahmad, 9 yoshli Zelimxon va 8 yashar Adam ko‘rgazmali janglarda g‘alaba qozondi.
Rossiya aralash janglar san’ati (MMA) ittifoqi rahbari hamda sobiq jangchi Fyodor Yemelyanenko yosh bolalar ishtirokidagi janglarni keskin tanqid qildi.
“Grozniyda bo‘lib o‘tgan bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi”, – dedi Yemelyanenko.
Izoh (0)