AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden kompaniya mijozlarini kuzatib borayotgani haqida OAV tarqatgan xabarlar tufayli Yahoo servisi foydalanuvchilarini akkauntlarini o‘chirib tashlashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yahoo servisidan foydalanasizmi? Ular, garchi bu qonunga zid bo‘lsa-da, siz yozgan narsalarning barchasini maxfiy ravishda skanerlab olgan. Bugunoq o‘zingizning akkauntingizni o‘chirib tashlang”, — deya ogohlantirdi Snouden Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerikaning Yahoo kompaniyasi 2015-yilda AQSh maxsus xizmatlari talabiga bo‘ysunib, foydalanuvchilarning elektron pochtalariga kelayotgan barcha xatlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)