2-oktabr kuni insultni boshdan o‘tkazib, komaga tushgan Kamerun terma jamoasining sobiq himoyachisi Rigober Song koma holatidan chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
40 yoshli Songni davolayotgan shifokor Lui Joss Bitanga uning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, yaqin kunlar ichida Song Fransiyaga yo‘l olib, maxsus gospitalda tiklanish jarayonini o‘tkazadi.
Izoh (0)