Sentabr oyida OPEK karteliga a’zo mamlakatlarda neft qazib olish hajmi Liviya va Nigeriyada qazib olish ishlari qayta boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori darajada bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bloomberg taqdim etgan axborotga ko‘ra, sentabrda neft chiqarish hajmi sutkasiga 170 ming barrelga ko‘payib, 33,75 million barrelni tashkil etdi.
Nigeriya va Liviya shu davrda neft qazib olish hajmini o‘rtacha 190 ming barrelga ko‘tardi. Saudiya Arabistoni va Angolada bu ko‘rsatkich 60 ming va 40 mingga tushgani kuzatildi.
Izoh (0)