Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Kolumbiyada yarashuvga erishishga qaratilgan harakatlarni yoqlab chiqdi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda u Jenevadagi brifingda aytib o‘tdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Pan Gi Mun Kolumbiyada 2-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tib, tinchlik bitimi dushmanlari 50,21% ovoz bilan g‘olib chiqqan referendumdan “boshqacha natija kutganini” yashirmadi.

“Biroq prezident Xuan Manuel Santos va FARC bosh qo‘mondoni Timoleon Ximenes tomonidan namoyon etilgan yarashuvga erishishga sodiqlikdan ruhim ko‘tarildi”, — dedi BMT bosh kotibi. U maslahatlashuvlarni davom ettirish uchun Gavanaga o‘z vakilini tezkorlik bilan jo‘natishini aytdi.

27-sentabr kuni Kolumbiya hukumati “Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari” (FARC) guruhi isyonchilari bilan tinchlik o‘rnatish haqidagi tarixiy bitimni imzoladi. Ammo Kolumbiya hukumatining FARC bilan tinchlik bitimi tuzishiga qarshi bo‘lganlar 2-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra 50,21 foiz ovoz to‘plab, bitim tarafdorlaridan minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos referendum yakuniga ko‘ra FARC bilan tinchlik bitimi mag‘lubiyatini tan oldi. U referendum natijalariga qaramasdan, Kolumbiya armiyasi va FARC o‘rtasida e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘z kuchida qolishini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar