Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimligi huzuridagi “Bir darcha” markaziga quyosh panellari o‘rnatildi, ular yiliga 5,5 kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir, deya xabar bermoqda UzDaily.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Quyosh batareyalari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash / 2-bosqich” qo‘shma loyihasi doirasida o‘rnatildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga uzluksiz taqdim etish maqsadida, Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi jami 20 ta “Bir darcha” markazlari elektr energiyasining benzinli generatorlari bilan ta’minlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi