IShID guruhi yetakchilarining Iroqda o‘tgan maxfiy yig‘ilishi janjal va otishma bilan yakunlandi. Bu haqda, The Daily Star nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Hashd ash-Sha’biy” shia ko‘ngillilari guruhi vakili Jabbor Ma’muriyning bildirishicha, jangarilar rahbarlari Diyala va Husniddin viloyatlari orasida joylashgan o‘z nazoratidagi hududda majlis uyushtirgan. Uchrashuvdan maqsad ko‘rilgan yo‘qotishlardan so‘ng harakatlarni muvofiqlashtirish edi.
Ammo muhokama chog‘ida kelib chiqqan bahslar janjalga, so‘ng otishmaga ko‘chgan. Yig‘ilganlarning kamida bir nafari o‘ldirilgan, uch nafari esa yaralangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)