Joriy yil oxiriga qadar Eron bir qator xorijiy kompaniyalar bilan neft-gaz sohasida yangi shakldagi shartnomalar imzolaydi. Bu haqda, Shana agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Eron neft vaziri Bejan Nomdor Zangonaning bildirishicha, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan yangi qoidalar neft va gaz chiqarish sohasida shartnomalar imzolash tartibini yo‘lga qo‘yadi, tomonlarning huquq, majburiyat va ma’suliyatini, shuningdek, moliyaviy munosabatlarini aniqlab beradi. Ular ilgarigi normativ aktlardan keskin farq qiladi. Xususan, 150 katta-kichik o‘zgartishlar kiritildi, mavjud 11 moddaga yana to‘rt modda qo‘shildi.
Loyiha ikki yil davomida tayyorlanib, parlamentda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.
Zangonaning ta’kidlashicha, ko‘pgina chet el kompaniyalari Eron neft loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)