Aleppodagi vaziyat yangi tashabbuslarni, shu jumladan, Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolarining veto (taqiq) huquqini cheklashni talab qilmoqda. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra’d al-Hussayn bayonot berdi, deb xabar qiladi “Vedomosti”.
Uning fikricha, veto huquqining cheklanishi Xalqaro jinoiy sudni Suriyada jazosiz sodir etilayotgan harbiy jinoyatlarni ko‘rib chiqishga jalb etish imkonini bergan bo‘lardi. Al-Hussayn bir tomonning jinoyatlari ikkinchi tomonning noqonuniy xatti-harakatlarini oqlamasligini ta’kidlab o‘tdi.
Al-Hussayn Suriya voqealari Xalqaro jinoiy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi o‘zini oqlashini va “o‘sib borayotgan jazosizlik”ni bartaraf qilishi mumkinligini qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)