Suriyaning Aleppo shahrida terrorchilar tomonidan universitet shaharchasi hamda unga yaqin mahallalarning o‘qqa tutilishi davomida kamida besh nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda, SANA agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, 30 kishi yaralangani aytilmoqda.
Universitet shaharchasi bilan bir qatorda, al-Meridiyen, as-Sabil va Sulaymon al-Xalibiy tumanlari o‘qqa tutildi. Qurbonlarning aksariyati — talabalar, bolalar va ayollar.
Izoh (0)