2015-yil martida Yamanda ixtilofning avj olib ketishidan buyon mamlakat hududida 4 mingdan ortiq tinch fuqaro o‘ldirildi, 7 mingga yaqini yaralandi. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Rupert Kolvill bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“2015-yil martidan buyon o‘ldirilgan va yaralangan tinch fuqarolarning umumiy soni, Yamandagi personalimizning tasdiqlashicha, 10963 kishini tashkil etib, shulardan 4014 nafari o‘ldirilganlardir”, — ma’lum qildi u.
Kolvillning so‘zlariga qaraganda, avgustda o‘ldirilgan va yaralanganlar soni keskin ko‘payib ketgan. Bu sulh tartibining buzilishi bilan bog‘liqdir. Bu vaqt ichida 279 tinch aholi vakillari o‘ldirilgan, 339 nafari yaralangan.
Izoh (0)