Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Janubiy Kuril orollarini mamlakatning tub yerlari deb hisoblaydi hamda Rossiya bilan muzokaralarda shu nuqtai nazardan kelib chiqadi. U parlament quyi palatasining budjet komissiyasida o‘tkazilgan bahslarda tegishli bayonotni berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“To‘rtta shimoliy orol — Yaponiyaning tub yerlari. Rossiya bilan muzokaralarda biz bu orollarning kimga tegishliligini aniqlab, shu asosda tinchlik bitimini imzolash nuqtai nazaridan gapiramiz”, — ma’lum qildi u.
Ilgariroq rasmiy Tokio ushbu orollar Rossiya tarkibida qolishiga rozi ekanligi haqida matbuotda xabarlar tarqalgan, ammo bu keyinchalik rasmiy shaxslar tomonidan inkor qilingan edi. Abe rasmiy Tokioning pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.
Izoh (0)