AQShning OSI Group hamda uning Xitoydagi shu’ba korxonasi — Shanghai Husi Food XXRda 24,3 million yuan (3,6 million dollar) jarimaga tortildi. Kompaniya tarmoq restoranlariga sifatsiz go‘sht yetkazib bergani aniqlandi, deb xabar beradi “TASS”.
Mahsulot va dori vositalari nazorati bo‘yicha Shanxay boshqarmasi chiqargan qarorga ko‘ra, OSI Group’ning Xitoy bo‘linmasi 7,3 million yuan (1,1 million dollar), Shanghai Husi Food esa 17 million yuan (2,5 million dollar) miqdorida jarima to‘laydi.
Shanghai Husi Food ilgari McDonald's, KFC va Pizza Hut tarmoq restoranlariga go‘sht yetkazib bergan. 2014-yilda mahalliy Dragon TV telekanali ko‘rsatgan fosh qiluvchi reportajdan so‘ng janjal ko‘tarilib, ish sudgacha oshirildi. 2016-yilda kompaniyaning o‘n nafar xodimi turli yillarga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Izoh (0)