Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi politsiyasi xodimlari jinnixonadan qochib ketgan jinoyatchi bilan selfi tushib, suratni “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. Bu haqda “Afisha Daily” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya boshqarmasida voqea yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 48 yoshli erkak ko‘plab og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bo‘lib, majburiy davolanish kursidan o‘tkazilayotgan edi. U o‘lka ruhiy xastaliklar shifoxonasidan qochib ketganidan so‘ng besh kun o‘tib bog‘dorchilik birodarliklaridan birining hududida qo‘lga olindi. Uni ushlagan politsiyachilar qochoq bilan suratga tushishga qaror qildi.
Izoh (0)