Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ecnomiohyla rabborum turidagi oxirgi daraxt baqasi olamdan o‘tdi. Shu bilan yana bir noyob tur yo‘q bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic.

Foto: Wikipedia

Foto: Wikipedia

Ecnomiohyla rabborum — 62–100 millimetr o‘lchovdagi kichik amfibiyalar bo‘lib, jigarrang yoki yashil-jigarrang teriga ega. Turning o‘ziga xos tomonlaridan biri itbaliqlarga erkaklarning g‘amxo‘rlik qilishidir. Urg‘ochilar o‘simliklarning suv bilan to‘lgan qismlarida 60–200 atrofida tuxum qo‘yib, u yerdan darhol ketadi, ularning o‘rnini erkaklar egallaydi. Ular joyidan qimirlamaydi, itbaliqlar ularning tanalaridan parchalarni yulib olib, shu bilan oziqlanadi. Avlodlari o‘zini eplaydigan darajaga kelganidan so‘ng erkak baqalar hududni tark etadi.

Ecnomiohyla rabborum Panamaning ikki provinsiyasiga xos endemiklar bo‘lib, u yerning dengiz sathidan 900–1500 metr balandlikdagi o‘rmonlarida istiqomat qilar edi. Ammo XXI asr boshida ular yovvoyi tabiatda qolmadi: daraxt baqalari Batrachochytrium dendrobatidis zamburug‘idan aziyat chekib, yo‘qolib ketdi.

Shundan buyon ular hayvonot bog‘larida va boshqa tabiatni qo‘riqlash muassasalarida asray boshlandi, ammo zamburug‘lar baqalarni u yerda ham tinch qo‘ymadi. 2016-yilda bu turdagi yagona tirik baqa Tafi (Toughie) laqabli erkak baqa bo‘lib, u Atlanta botanik bog‘ida istiqomat qilar edi. Uning aniq yoshi ma’lum emas; 2005-yilda, Panama o‘rmonlaridan olib ketilganida, u taxminan 12 yoshlarda edi.

Tafi va uning hamturlari alohida pavilyonda yashar, tashrifchilar ularni ko‘ra olmas edi. Lekin zamburug‘ barcha baqalarni zararlab ulgurgan edi. Ecnomiohyla rabborum’larning bari birin-ketin qirilib ketdi, yaqinda esa Tafi ham olamdan o‘tdi va shu bilan butun boshli tur yo‘q bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi