Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi bir nechta Android’dagi smartfonlarni chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Ulardan biri Geekbench samaradorlik testida qayd etildi.
Nokia D1C katta ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmagan arzon smartfon bo‘ladi.
Geekbench’dagi ma’lumotlarga qaraganda, yangi D1C sakkiz yadroli 64 bitli Qualcomm Snapdragon 430 protsessoriga hamda 3 Gb operativ xotiraga ega bo‘ladi. U haqda hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.
Uskuna Android 7.0 Nougat dasturida ishlaydi.
D1C’dan tashqari, Nokia yana uch yoki to‘rt uskunani taqdim etadi; ular orasida smartfonlar va planshetlar bo‘ladi.
Gadjetlar shu yil oxiriga qadar, Nokia’ning Microsoft bilan kelishuvi yakunlanganidan so‘ng taqdim etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)