Kolumbiya hukumatining Inqilobiy qurolli kuchlar isyonchi guruhi (FARC) bilan tinchlik bitimi tuzishga qarshi bo‘lganlar 2-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra 50,21 foiz ovoz to‘plab, bitim tarafdorlaridan minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda saylovlarni tashkil etish uchun javobgar qaydlar byurosi hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Boshqarmaning ma’lumotlariga qaraganda, referendum saylov uchastkalaridagi 99,98 foiz ovoz natijalariga ko‘ra, saylov ishtirokchilarining 49,78 foizi hukumat va FARC o‘rtasidagi bitimni qo‘llab-quvvatlagan. 50,21 foiz saylovchi esa bitimga qarshi ovoz bergan. Saylovlarda aholining 37,43 foizi qatnashgan.
Tinchlik bitimiga qarshi jami 6,4 million kishi ovoz bergan.
Mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos referendum yakuniga ko‘ra FARC bilan tinchlik bitimi mag‘lubiyatini tan oldi. U referendum natijalariga qaramasdan, Kolumbiya armiyasi va FARC o‘rtasida e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘z kuchida qolishini ta’kidladi.
Izoh (0)