Amerikalik realiti-shou yulduzi, Parijda o‘g‘irlik qurboni bo‘lgan Kim Kardashyan politsiyaga ko‘rsatma berishi hamon Fransiya hududini xususiy samolyotda tark etdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, u mamlakatdan Parijdagi Le-Burje aeroporti orqali chiqib ketdi.
Bundan oldin Kardashyan fransiyalik tergovchilar bilan suhbatlashdi.
Ta’kidlanishicha, voqeaga oydinlik kiritish va aybdorlarni qo‘lga olish uchun barcha kuchlar safarbar etilgan.
Muqaddam Kardashyan Parijdagi mehmonxonada noma’lum shaxslar tarafidan garovga olingani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)