Mo‘g‘ulistonning Gobi cho‘lida ulkan dinozavr izi topildi. Izning uzunligi — 106 santimetr, kengligi — 77 santimetr, deb xabar beradi National Geographic.
Kashfiyotni Yaponiyaning Okayama universiteti olimlari amalga oshirdi. Tadqiqotlar 2016-yil avgustida 70–90 million yil muqaddam vujudga kelgan geologik qatlamda olib borildi. Paleontologiya professori Sinobu Isigaki ulkan topilma bilan birga suratga tushib, uning hajmlarini namoyish etib berdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu iz titanozavr nomli o‘txo‘r zauropodning chap oyog‘iga tegishlidir. Ayni paytda olimlar ushbu hududda dinozavr skeletini qidirmoqda.
Topilma olimlarga jonivorlarning oyoqlari tuzilishi, shuningdek, yurishi haqida ma’lumot beradi.
Izoh (0)