Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida bugun — 1-oktabr kuni 7-tur bellashuvlari davom etadi. Turni 30-sentabr kuni “Everton” va “Kristal Pelas” jamoalari o‘zaro durang o‘ynab, boshlab bergandi.
Bellashuvda har ikki klub safida ham belgiyalik futbolchilar gol urdi. 35-daqiqada Romelu Lukaku “Everton”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 50-daqiqada Kristian Benteke muvozanatni tikladi.
1-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da “Liverpul” maydonga chiqib keladi. Yurgen Klopp jamoasini Uelsda “Suonsi”ga qarshi bellashuv kutib turibdi.
19:00 da esa “Xall Siti” va “Chelsi” klublari o‘rtasidagi bellashuvni tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
“Yunayted”, “Siti”, “Lester”, “Tottenhem” va “Arsenal” kabi yetakchilar 7-turni 2-oktabr kuni o‘tkazadi.
Angliya Premyer-Ligasi 7-tur bellashuvlari 30-sentabr, juma
“Everton” — “Kristal Pelas” 1:1
Gollar: Romelu Lukaku, 35 (1:0). Kristian Benteke, 50 (1:1).1-oktabr, shanba“Suonsi” — “Liverpul”“Vest Hem” — “Midlsbro”“Sanderlend” — “Vest Bromvich”“Uotford” — “Bornmut”“Xall Siti” — “Chelsi”
2-oktabr, yakshanba“Manchester Yunayted” — “Stok Siti”“Lester” — “Sautgempton”“Tottenhem” — “Lester”“Byornli” — “Arsenal”
Izoh (0)