Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha mamlakatlar o‘tgan yil oxirida Parij iqlim sammitida qabul qilingan kelishuvni ratifikatsiya qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Donald Tusk bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Uning so‘zlariga qaraganda, qaror Yevropa kengashining tabiatni muhofaza qilish idoralari rahbarlari darajasida Bryusselda o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad barcha mamlakatlar, shu jumladan, Buyuk Britaniyaning ham 2016-yil oxiriga qadar kelishuvni ratifikatsiya qilish borasidagi harakatlarini muvofiqlashtirish edi.

“Barcha vazirlar Parij kelishuvi tez orada ratifikatsiya qilinishiga yashil chiroq yoqdi”, — ta’kidladi Tusk.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Lionel Messi “Barselona”ga o‘tish uchun “Al-Hilol” va “Inter Mayami”dan yordam so‘radi
Mahalliy
Namanganda kutubxona qurish uchun ajratilgan yerni 35 ming dollarga sotishga uringan deputat qo‘lga olindi 
Dunyo
Medvedev “dushmanga past baho bermaslikka” chaqirdi