Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon Ibrohim Al-Halifa MOQ va O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga tabriknoma yo‘llagani haqida federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Rio—2016 Paralimpiadasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar qatorida Mirabror Usmonov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgandi. OFK prezidenti O‘zbekiston hukumatining Mirabror Usmonovga bu e’tiborini munosib baho ekanini ta’kidlagan.
“Sizni davlat mukofoti bilan tabriklab, eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman. Bu O‘zbekiston futboli rivoji va uning jahonda tan olinishi yo‘lida qilayotgan ulkan mehnatingiz uchun munosib bahodir”, — deb yozilgan Mirabror Usmonov nomiga yozilgan maktubda.
Izoh (0)