Ikki kun davomida yetti foizga qimmatlashgan neft narxi OPEK mamlakatlarining qazib olishni kamaytirish yuzasidan kelishuvi to‘g‘risidagi yangilikdan so‘ng 30-sentabr, juma kuni pasaymoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Neftning Brent markasi noyabr fyucherslari Londonning ICE Futures birjasida Toshkent vaqti bilan 9:55 da 0,7 foizga arzonlashib, barreliga 48,88 dollarni tashkil etdi.
WTI markali neftning noyabr oyi fyucherslari esa Nyu-York savdo birjasida bu paytga kelib 0,6 foizga pasayib, barreliga 47,55 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)