“Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola shvetsiyalik futbolchi yoz oylarida Xitoydan kelgan taklifdan bosh tortganini ma’lum qildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Ibragimovich — eng yaxshi. U Xitoydan sof 100 million yevro olishi mumkin edi, ammo bu taklifdan bosh tortdi. Zlatan pul ketidan quvmaydi, unga g‘alabalar kerak. Men buyuk futbolchilar bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘ldim, Ibragimovich ulardan biridir”, — ma’lum qildi Rayola Il Giornale’ga bergan intervyusida.
Izoh (0)