Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“RIA Reyting” reyting agentligi MDH mamlakatlari bank sektorini tadqiq qilib, 2016-yilda MDH bank bozorida yetakchilik qilgan banklar reytingini tuzdi, deb yozadi “Review.uz”.

Foto: “Review.uz”

Foto: “Review.uz”

MDHning 200 ta eng yaxshi banklari ro‘yxatiga O‘zbekistonning 11 ta banki kiritildi. Ular yetakchilar jadvalida quyidagicha joylashdi:

  • 30-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (bankning mamlakat bank tizimi aktivlaridagi hissasi — 24,2%);
  • 58-o‘rin: O‘zsanoatqurilish bank (13,5%);
  • 65-o‘rin: “Asaka” banki (11,1%);
  • 93-o‘rin: Ipoteka bank (6,7%);
  • 95-o‘rin: Qishloq qurilish bank (6,4%);
  • 112-o‘rin: Xalq banki (5,4%);
  • 117-o‘rin: Agrobank (4,9%);
  • 124-o‘rin: Hamkorbank (4,6%);
  • 138-o‘rin: KDB bank O‘zbekiston (4%);
  • 176-o‘rin: Ipak yo‘li banki (2,7%);
  • 179-o‘rin: Kapitalbank (2,7%).
Reytingga, shuningdek, Ozarbayjonning 7 ta, Armanistonning 6 ta, Belarusning 9 ta, Gruziyaning 6 ta, Qozog‘istonning 19 ta, Moldovaning 3 ta, Rossiyaning 116 ta, Tojikistonning 2 ta, Turkmanistonning 4 ta va Ukrainaning 17 ta banki kirdi.

Reytingda Rossiyaning “Sberbank”i yetakchilik qildi. 2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, uning aktivlari 311,35 milliard dollarni tashkil etadi, mamlakat bank tizimi aktivlaridagi ulushi esa 28,7 foizga teng. Reytingda 1-o‘rindan 12-o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarning barchasini Rossiya banklari egalladi.

Banklar aktivlari xalqaro standartlarga muvofiq konsolidatsiya qilinmagan audit hisobotlari ma’lumotlari asosida baholandi, bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, milliy standartlarga ko‘ra audit hisoboti qo‘llanildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi